Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
Boshinda Sinovlar Tushganda Sevganin Qo'lindan Siqib:- " SIQILMEN XALI XAMMASI YAXSHI BO'LADI, MAN DOIM YONIZDAMAN " Dip etishdir...!!! 932 _MunchoqchA_ (27.12.2013 23:01) SEVGI ODAMNI O’ZGARTIRADIMI? HA!... IKKI JINSGA TEGISHLI 11 SABAB: Sevgi odamning ochilmagan qirralarini ochadi: 1. Ko’zni ham ko’r, ham o’tkir qiladi: bir tomondan sevgani kamchiliklarini ko’rmay qoladi, ular juda ko’p bo’lsa ham. Ikkinchi tomondan 100 ta odam ichidan bo’lsa ham uni topib oladi. 2. Quloqni ham kar, ham lokator qiladi: bir tomondan sevgani haqida achchiq haqiqatni eshitishni ham hohlamaydi. Ikkinchi tarafdan u telefonda pichirlab gapirsa metroda bo’lsa ham eshitadi. 3. Oddiy odamni shoirga aylantiradi: qofiyaga tushmasa ham, misralardagi bo’ginlar soni to’g’ri kelmasa ham bir amallab she’r yozadi. Ba’zilar hattoki “doston” ijod qiladilar. 4. Odamni qo’shiqchi qiladi: kayfiyatiga mos qo’shiq yangrasa jo’r bo’lib kuylaydi ovozi umuman bo’lmasa ham. Avjiga chiqqanida esa tomog’i bo’g’ilsa ham bo’sh kelmaydi. 5. Dangasaga aylantiradi: sevganini sog`inganida ishxonasidagi va uyingdagi ishlarga zo’rg’a qo’li boradi. 6. Hayolparast qiladi: bitta nuqtaga tikilib o’tiradigan odat paydo bo’ladi. Kimdir turtsagina odam yana shu dunyoga qaytadi, uni baqirib o`ziga keltirish befoyda. 7. Soat strelkalarini hohlagancha aylantiradi: uchrashuv vaqtida juda tez aylantirsa, sog’inib kutganda sakkiz soat cho’zadi. 8. Odamni yolg’onchi va hozirjavob qiladi: bahonalarni o’zi bilmagan holda to’qib tashlaydi. Oxirida o’zi ham ishonib ketadi yolg’onlariga. 9. Chaqqon qilib qo’yadi: sevgani bilan uchrashuvga shoshganida boshliq topshirig’i bo`ladimi, onasini buyurganlarimi –hamma ishni yumaloq yastiq qilib bo’lsayam bir zumda bitiradi. 10. Oynaga qarayveradigan qilib qo`yadi. Magazinni vitrinasimi yoki avtomobil oynasimi farqi yo’q. Sochini to’g’rilab olsa bo’ldi. Yo’ldagi ko’lmak ham yarayveradi. Ba’zida telefon ekrani ham o’chgan holatda oyna vazifasini bajaradi. 11. Bedor qiladi: izoh shart emas to’g’rimi. Yana bir ajoyib tarafi –bor- yo’g’i ikki soat uxlagan bo’lsa ham darrov uyg’onadi telefonga SMS keldimikin deb. Boshqa payt tepasida nog’ora chalsa ham eshitmaydi

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3