Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
Chaynayotgan noningni bolamga deb o’lasan Katta bo’lgach gap bilan bir siltasa so’lasan, Bino qo’yma siylama po’palama ko’rasan O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga. Qariganda g’alvani ko’tarolmas yuraging Qani ota-onalar suyanchig’ing tirgaging, Yotib qolsang og’risang kimga bo’lar keraging O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga. G’amni olsang ko’nglinga to’lib ketaverasan Oftob urgan maysadek so’lib ketaverasan, Yuragingni changallab o’lib ketaverasan O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga. ***************8************ **********8********* O’zini boqaning qolib bolasini ham boqasan Kuch quvating borida hammaga sen yoqasan, O’zing uchun bir bora chiqanmisan boqa san O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga. Uylantiru bolangni bo’lak qilgin uyini O’zi topsin ro’zg’ori tashvishini o’yini, Ko’rib tursang bo’lgani sog’- salomat bo’yini O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga. Tama qilsang bir nonni chimirilar keb qoshlari Sensiz pishib yeyilar yog’liqina oshlari, Yugurishar oldinga og’rib qolsa boslari O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga. Erni topganini o’ylab yerkan bir ayol O’g’lini topganini o’ylab yerkan bir ayol, Bejizga aytilmagan halq ichida bu maqol O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga. **************************** ***8********************* Mayli tushgan uyida yashnab yursin kelnlar Maqtab alqab duo qil yayrab yursin kelinlar, Qaynonamas onam deb sayrab yursin kelinlar O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga. Yalab yulqagan uying kelinlarga qoladur Sendan keyin kim bilar ne ko’ylarga soladur, Uyim bolan chaqam deb olaverma havotir O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga. Mehnat qilding tolmading yetganicha imkoning O’zing uchun ham yasha g’animatdur har oning, Tog’larga chiq hao yut jon-jon o’zingni joning O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga. O’g’illarda qo’sh ulov sen yurasan piyoda O’zlaridan ortmaydi moli bo’lsa ziyoda Bolam-bolam bolam deb nima ko’rding dunyoda O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga. O’lsang bolaring ham qabirgacha boradi Aytchi unda sen bilan qay birisi qoladi, Qiyomatda qay biri gunohingni oladi O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga. Ko’ngling kini hushlasa o’sha bilan suhbat qil Tikonlarga qarama gulga qarab rohat qil, Asabingni qiynama yuraginga shavqat qil O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga. To’rt pul topsang yarmini keksalikga saqlab qo’y Yig’ib eski nimchani cho’ntagiga solib qo’y, O’n bola bir otani boqolmaydi bilib qo’y O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga. Qo’ling ishda va lekin raborada bo’lsin dil G’iybat hasrat gapni qo’y subhan alloh aytsin til, Bu dunyoni noni yeb u dunyoni ishin qil O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga. Yig’ishtirib umirning qolganini borini Ota-ona qilgaysan oxiratning korini, Qulog’inga quyib ol bu nasihat dorini O’g’ling yeb o’rga ketar qizing yeb qirga.

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 2