Hazorasp tumanida aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish hamda ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman prokuraturasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada tuman hududidagi korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari fuqarolarga taklif etildi. Tadbir davomida ish izlovchilarga ularning mutaxassisligi va kasbiy ko‘nikmalariga mos ish o‘rinlari bo‘yicha tavsiyalar berilib, mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar ham berildi.
Shuningdek, ish beruvchilar va fuqarolar o‘rtasida bevosita suhbatlar tashkil etilib, munosib nomzodlarni ishga qabul qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Bunday mehnat yarmarkalari aholining bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish hamda fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Hazorasp tuman hokimligi
matbuot xizmati
Нет комментариев