Hazorasp tumani dalalarida yetishtirilgan shirin va xushta'm qovunlar pishib yetildi. Ayni kunlarda mo‘l hosil ichki bozorlarga yetkazib berilib, aholi dasturxonini bezamoqda.
Joriy yilda tumanda 82 gektar maydonda qovun va 50 gektar maydonda tarvuz ekilib, poliz ekinlaridan mo‘l hosil olinmoqda. Dehqonlarning fidokorona mehnati samarasida yetishtirilgan sifatli va tabiiy mahsulotlar ichki bozorni ta'minlashda muhim o‘rin tutmoqda.
Qovunchilik bilan shug‘ullanayotgan dehqon va tomorqa egalari mehnati samarasini ko‘rib, mahsulot sotuvidan oilalari uchun munosib daromad topmoqda. Bu esa nafaqat ichki bozorni sifatli mahsulot bilan ta'minlashga, balki aholi bandligini oshirish va oilalar farovonligini yuksaltirishga ham xizmat qilmoqda.
Hazorasp qovunlari o‘zining betakror ta’mi, xushbo‘y hidi va yuqori sifati bilan xaridorlar e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Hazorasp tuman hokimligi
Matbuot xizmati
Нет комментариев