Hazorasp “Temirchi maskan” mahallasida yangi o‘zgarishlar davom etmoqda
2026-yilda “Temirchi maskan” mahallasida aholi turmush darajasini yaxshilash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jami 3 milliard so‘mlik infratuzilma loyihalari doirasida yo‘llar ta’mirlanib, elektr tarmoqlari yangilanadi, ariqlar betonlashtirilib, tungi yoritish tizimi o‘rnatiladi.
Shuningdek, 53 ta yangi ish o‘rni yaratish, mikroloyihalar orqali 68 nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlash hamda aholini tadbirkorlik va kasb-hunarga jalb etish rejalashtirilgan.
Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida mahallada ishsizlikni bartaraf etish va kambag‘allik darajasini 1 foizgacha tushirish maqsad qilingan.
Hazorasp tuman hokimligi
matbuot xizmati
Комментарии 3